Iqtidor xalqaro maktabida biz bilan buyuk kelajak quring!
Bo'sh ish o'rinlari
Iqtidor xalqaro maktabi haqida
Iqtidor xalqaro maktabi bu o'z xodimlariga g'amxo'rlik qiladigan, ularning shaxsiy, ijtimoiy va akademik jihatlardan rivojlanishiga hissa qo'shadigan va shu orqali bir jamoa bo'lgan holda butun jamiyatning rivojlanishiga hissa qo'shish imkoniyatini beradigan ta'lim dargohidir.
Hamkasblarga nisbatan qadriyatlarimiz
Har bir hamkasb - qadrli!
Bizning jamoamizda lavozimidan qat’iy nazar, har bir xodim insoniylik jihatdan hurmatga va e’tiborga ega inson hisoblanadi. Ularning shaxsiy fikrlarini, yondashuvlarini doimo qadrlaymiz va ularning yaxshi kunlarida yutuqlarini nishonlash bilan birgalikda, ularning sinovli kunlarida qo‘llab-quvvatlashni tashkilotimizning qadriyati darajasida bilamiz!
1
Ochiq va ishonchli muloqot!
Biz jamoamizning har bir a'zosi bilan alohida yuz-ma yuz ochiq muloqot qilishga, ularning takliflarini e'tiborga olishga va tanqidlari asosida o'zgarishlar qilishga tayyormiz. Biz doimiy muloqotlar va fikr almashinish jarayonlarini - rivojlanish jarayoni deya qabul qilamiz.
2
Hamjihatlik
Bir jamoa - bir maqsad. Tashkilotimizdagi har bir xodim jamoaning muhim bir qismi ekanligini his qiladi va jamoaning boshqa a'zolariga yordam kerak bo'lsa, albatta yordam qo'lini cho'zadi. Muammolarni hamjihatlik va birgalikda ishlash orqali hal qilamiz.
3
Iftixor
Biz Iqtidor ekosistemasida faoliyat olib borayotganimizdan faxrlanamiz va har qanday holatda, joyda, vaqtda tashkilotimiz obro‘yini yanada oshirishga, yuksaltirishga doimo o‘z hissamizni qo‘shamiz. Iqtidor brendi bu bizning iftixor brendimizdir va bu brend ostidagi xalqaro maktabimiz biz bilan ham faxrlanishiga ishonamiz!
4
Yangi kun - yangi imkoniyatlar!
Har bir yangi kun bizning jamoamiz a'zolari uchun bajarilgan ishlarimiz sarhisobini qilib, foydali ishlarimiz bilan bilan faxrlanadigan mavzudir va shu bilan birgalikda yangi narsalarni o'rganish uchun keng imkoniyatlar beradigan kundir. Biz har doim bilmaganlarimizni o'rganishga va yangi yutuqlarni qo'lga kiritishga chanqoqmiz.
5
E'tirof
Har bir mehnatning natijasi albatta e’tirofga loyiq va biz jamoamiz a’zolarining bundan-da ko‘proq yutuqlarga erishishlarini, yaxshilik tomon o‘zgarishlar qilishlarini e’tirof etishga, nishonlashga tayyormiz va e’tiroflar insonlar ruhiyatini yuksaltirishiga ishonamiz.
6
Yuqori standartlar
Ta'lim dargohimizdagi sodir bo'layotgan barcha jarayonlar eng sifatlisi bo'lishini ta'minlashga harakat qilamiz. Har bir xodim vijdonan o'z vazifasini ado etishi tarafdorimiz va yordam kerak bo'lganida, barqaror rivojlanish treninglarini doimo taklif qilamiz.
7
Shaffoflik
Shaffoflik bu jamoamizdagi barcha xodimlar uchun ishonchni ta'minlaydigan muhim tamoyildir. Biz muloqotlarda, qarorlar qabul qilishda, faoliyatimizda, rag'batlantirishlarda va yana barcha boshqa amallarimizda adolat va shaffoflikni ta'minlashni kafolatlaymiz!
8
Intizom
Natijalar va muvaffaqiyat — tartib va intizomga sodiqlikda yashaydi. Har bir vazifani belgilangan vaqtda bajarish — jamoaviy yuksalishning eng muhim shartidir. Katta yutuqlar kichik mas'uliyatlardan boshlanadi, intizom bilan yakunlanadi.
9
Sharoitlar
Qadriyatli jamoa bilan ishlash
Kasbiy rivojlanish kafolati
Qiymatga arzirli maosh
Zamonaviy qulay sinfxonalar va ofislar
Sog'lom hayot tarzi
Ijobiy va barqaror muhit
Iqtidor xalqaro maktabi bilan biz barcha o'quvchilarimiz uchun, ularning ota onalar uchun va shu jumladan o'zimiz uchun ham buyuk kelajak quramiz!
Bizning jamoaga qo'shilmoqchimisiz?
Unda quyidagi havolalarni bosing va ma'lumotlarni to'ldirib, orzularjamoamizning a'zosi bo'ling!