Bugun sizlarga maktabimizning yuragi bo‘lgan aziz bolajonlarga bir necha samimiy fikrlarimni yetkazmoqchimiz. Sizlar “Iqtidor xalqaro maktabi"ning eng katta boyligi va kelajakning yorqin yulduzlarisiz! Har biringizda cheksiz imkoniyatlar va ulkan salohiyat borligiga ishonaman. Sizlardan umidlarimiz osmon qadar va shu osmondagi yulduzlar qadar o'sishingiz, rivojlanishingiz va jamiyatga foyda, qiymat va yaxshiliklar keltirishga sababchi bo'ladigan insonlar bo'lib yetishishlaringiz uchun, sizlarga bir qancha maslahatlarimiz bor! Avvalambor, qayerda bo'lmangiz, kimlar bilan muloqot olib bormangiz, birinchi navbatda yuksak tarbiya va odob namunasi ekanliklaringizni ko'rsatgan holda, barchaga o'rnak bo'linglar! Insonlarga hurmat, samimiylik, ijobiy kayfiyat va yaxshiliklar ulashing! Shuningdek, ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqni hech qachon yo‘qotmasligingizni xohlayman. Ilm – insonning hayot yo‘lini yorituvchi chiroqdir. Shu sababli, har kuni o‘zingizga yangi bilimlar qo‘shishga intiling. Ammo bilim olish faqat dars bilan cheklanmaydi. Hayotda sizni sinovlar kutadi, bu sinovlardan o‘tish uchun sizdan chidamlilik, sabr-toqat va matonat talab etiladi. Shuningdek, sizlardan quyidagi fazilatlarni shakllantirishingizni xohlayman: