Iqtidor xalqaro maktabida boshlang'ich ta'lim

Iqtidor Xalqaro Maktabining Boshlang‘ich sinflar dasturi (1–4-sinflar) har bir bolaga mustahkam akademik poydevor, yuksak xarakter va dunyoni ishonch bilan kashf etishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishga qaratilgan. Dasturimiz xalqaro ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va ta’limiy qarashlari bilan uyg‘unlashtiradi.

Bizning falsafamiz

Biz boshlang‘ich ta’lim bolaning butun umrga yetadigan tafakkur tarzini shakllantirishiga ishonamiz. Iqtidorda biz bolalar uchun xavfsiz, ilhom baxsh etuvchi va intellektual jihatdan boy muhit yaratamiz — bu yerda ular aniq fikrlashni, jasorat bilan harakat qilishni, ishonch bilan muloqot qilishni va boshqalarga mehribonlik ko‘rsatishni o‘rganadilar. Bizning ta’lim yondashuvimiz quyidagilar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydi:

  • Xarakterni rivojlantirish
  • Ijodiy va amaliy ko‘nikmalar
  • Sog‘liq va farovonlik
  • Mustahkam akademik bilimlar
  • Bilimlarni amaliy tadbiqi
Bu yondashuvlar maktabimizning asosiy tamoyillarini aks ettiradi: Xarakter, Estetika, Sog‘lik, Klassik ta’lim va Autentiklik (haqiqiylik).

Akademik dastur

Bizning o‘quv dasturimiz quyidagi asosiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan holda puxta tuzilgan:

1. Savodxonlik & Xorijiy tillar

  • O‘qish, yozish, gapirish va tinglash bo‘yicha mustahkam poydevor yaratish
  • 1-sinfdan boshlab ingliz va rus tillarini bosqichma-bosqich, kundalik ko‘lamda oshirib borilgan ta’lim asosida o‘qitish
  • Milliy o‘zlikni mustahkamlash maqsadida o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rgatish

2. Matematika

  • Sonlarni anglash, arifmetik amallar va muammolarni yechish ko‘nikmalari
  • Mantiqiy fikrlash va bilimlarni real hayotda qo‘llash
  • Amaliy matematika mashg‘ulotlari va vizual (ko‘rgazmali) o‘rganish

3. Tabiiy fanlar va Qiziqarli tajribalar

  • Ilk ilmiy tafakkur va kuzatuvchanlikni rivojlantirish
  • Tajriba, tabiatni o‘rganish va tadqiqotga asoslangan mashg‘ulotlar
  • Tabiatshunoslik, fizika asoslari va hayotiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirish

4. Texnika va raqamli texnologiya ko'nikmalari

  • Raqamli qurilmalardan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish
  • Ilk kodlash asoslari va mantiqiy topshiriqlar
  • Interaktiv ta’limiy ilovalar orqali o‘rganish

5. Sa'nat va ijodkorlik

  • Rasm chizish, bo‘yash va qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish
  • Musiqa va ritmni his etish
  • Tasavvur va ijodni sahnada namoyon etish hamda o‘zini erkin ifodalash imkoniyatlari

6. Xarakter va qadriyatlar - Kunlik darslarimiz quyidagi qadriyatlarni aks ettiradi

  • Hurmat
  • Mas’uliyat
  • Halollik
  • Jamoada ishlash
  • Mustaqillik
  • Hissiy intellekt

Bu jarayonlar “Iqtidor daraxti” modeli orqali amalga oshiriladi — bunda o‘quvchilar mustahkam xarakter ildizlari va uning samarali mevalarini anglab yetadilar. Akademik bilimlardan tashqari, biz bolalarni quyidagi yo‘nalishlar orqali har tomonlama rivojlantiramiz:

  • Jismoniy madaniyat
    • Zal mashg'ulotlari
    • Diqqat (koordinatsiya), elastiklik va jismoniy kuchni rivojlantirish
    • Sog‘lom turmush tarzi odatlarini shakllantirish
  • Klublar va dasturlar
    • Robototexnika
    • Shaxmat
    • Musiqa & Raqs
    • San'at & dizayn
    • Mutolaaxonlik
    • Yosh olimlar
    • Bolalar uchun robotlar
  • Hayotiy amaliy ko'nikmalar
    • G‘amxo‘rlik qilish odatlarini shakllantirish
    • Shaxsiy buyumlarini tartibli saqlash va mas’uliyat bilan joyiga qo‘yish
    • Sinfxona ichidagi vazifalar va mas’uliyatlarni ongli ravishda bajarish
    • Ilk yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish