Boshqaruv va liderlik
Iqtidor xalqaro maktabida boshqaruv va yetakchilik halollik, shaffoflik hamda puxta o‘ylangan strategik yo‘nalish tamoyillariga asoslanadi. Rahbariyat jamoamiz va Maslahat kengashi a'zolari o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritib, har bir qaror maktabimiz o'quvchilarining iqtidorini kamol toptirish va buyuk kelajakni barpo etish yo‘lidagi muqaddas missiyasiga xizmat qilishini ta’minlaydi.

Boshqaruv

Iqtidor xalqaro maktabi ta’lim, biznes va yoshlar rivoji sohalarini ifodalovchi besh nafar a’zodan iborat Maslahat kengashi tomonidan yo‘naltirib boriladi. Mazkur Kengash maktab faoliyati ustidan strategik nazoratni amalga oshiradi, hisobdorlikni ta’minlaydi hamda uzoq muddatli taraqqiyot yo‘li va barqarorlik masalalarida maktab rahbariyatiga maslahat beradi. Maslahatchilar kengashi har o‘quv yili davomida to‘rt marotaba yig‘ilish o‘tkazadi. Har bir yig‘ilishdan so‘ng muhokamalar va qabul qilingan muhim qarorlar yuzasidan qisqacha hisobot e’lon qilinib, shaffoflik hamda jamoatchilik ishonchi mustahkamlab boriladi.

Liderlik

Iqtidor xalqaro maktabining kundalik rahbarligi uch nafar direktor tomonidan amalga oshiriladi. Ularning vazifalari maktabning akademik hamda tashkiliy faoliyati o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi:
  • Sardor Sodiqov — Bosh direktor
Maktabning umumiy strategik yo‘nalishini belgilaydi, brendni rivojlantirish, kengayish jarayonlari, moliyaviy va tashkiliy barqarorlikni ta’minlash hamda hamkorliklar va investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq ishlarni boshqaradi.
  • Michele Gaddy — Akademik direktor
O‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim va o‘qitishdagi innovatsiyalar, pedagoglarning kasbiy rivojini boshqaradi. Maktab ta’lim dasturlarining missiya va ta’lim falsafasiga to‘liq mos bo‘lib qolishini ta’minlaydi. Shuningdek, maktabdagi o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etadi, ta’lim sifatini doimiy ravishda oshiradi, ustozlar salohiyatini rivojlantiradi va maktabning akademik strategiyasini shakllantiradi.
  • Akmal Abdimuminov — Ijrochi direktor
Ma’muriy boshqaruv, infratuzilma, qabul jarayonlari va jamoatchilik bilan aloqalarni nazorat qiladi. Maktabning kundalik faoliyatini samarali tashkil etadi, xodimlar ishini boshqaradi, jarayonlar sifatini kuzatib boradi va ota-onalar bilan samarali muloqotni ta’minlaydi.
Bosh direktor, Ijrochi direktor va Akademik direktor bir jamoa sifatida teng hamkorlikda yagona maqsad yo‘lida faoliyat yuritadilar — har bir bolaning iqtidorini kashf etilishiga yordam berib va uni kamolga yetkazib, uni buyuk kelajakka yo‘naltirish.