Biz haqimizda
Iqtidor xalqaro maktabida ta'lim olish degani bu yodlab eslab qolish emas, balki tafakkurni uyg'otishdir. Har bir bolada o'ziga hos iqtidor borligiga ishongan holda, biz o‘quvchilarga ana shu salohiyatni intizom, ijodkorlik va aniq maqsad orqali kashf etish va rivojlantirishda ko‘maklashamiz. Biz klassik ta'lim yondashuviga tayangan, shu bilan birga zamonaviy taraqqiyotga yuzlangan ta’lim yo‘lini tanlaganmiz — unda bilim, tafakkur va ma’naviy kuch haqiqiy barkamollikning asosi hisoblanadi. Bu yerda ilm va ahloq yonma-yon kamol topadi. Iqtidor xalqaro maktabi shunchaki imtihonlarga tayyorlaydigan maskan emas, balki chuqur fikrlay oladigan, oqilona yashaydigan va buyuk kelajak yo‘lida jasorat bilan hissa qo‘sha oladigan yosh avlodni tarbiyalaydigan muqaddas dargohdir.

Bizning maktabimiz falsafasi

Iqtidor ekotizimi yuragida jadid bobolarimizning ruhiyati va qalbi barhayot urib turadi — ular bir zamonlar ta’limni yangi davr uchun qayta tasavvur qilgan buyuk ma’rifatparvarlar va islohotchilar edi. Biz ularning savol berishdagi jasorati, yaxshilanishga intilishi va ta’limni xalqni uyg‘otuvchi hamda millatni yuksaltiruvchi eng muqaddas yo‘l deb bilgan ulug‘ g‘oyalaridan ilhom olamiz. Va shu orqali, biz o'zimiz uchun 4 qadriyat joriy etganmiz.
  • Xulq – barcha ishga samimiy va vijdonan yondashish
  • Aniqlik – gapimiz va amalimiz aniq bo'lishi va tanqidiy fikrlash olish
  • Jasorat – mardonavor savol berish, qo'rqmaslik, haqiqat uchun kurashish, ixtirolar va yangiliklar qila olish
  • Hissa – o'z iqtidori orqali boshqalarga yordam bera olish
Yuqoridagi qadriyatlar bizning sinflarimizni, o‘zaro munosabatlarimizni va ezgu maqsadlarimizni shakllantiradi. Ular bizga ta’lim nafaqat tafakkurni, balki insonning ma’naviy yo‘l ko‘rsatkichini tarbiyalashi lozimligini doim eslatib turadi.