Qabul bosqichlari va talablar

Maqsad

Mazkur qabul nizomi maqsadi “Iqtidor Xalqaro Maktabi”ga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini aniq belgilab berishdan iborat. Maktab o‘quvchilarni adolat va tenglik tamoyillari asosida baholashga, ularning intellektual qiziqishi hamda akademik salohiyatini o‘rganishga sodiqdir.

Kamsitmaslik siyosati

"Iqtidor Xalqaro Maktabi” barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash yondashuviga sodiqdir. Qabul jarayonida maktab irqi, teri rangi, jinsi, dini, millati, etnik kelib chiqishi yoki qonun bilan himoyalangan boshqa belgilarga ko‘ra hech qanday kamsitishga yo‘l qo‘ymaydi. Nomzodlar faqatgina ularning individual qobiliyatlari, salohiyati hamda maktabning maqsad vazifasi va qadriyatlariga mosligi asosida baholanadi.

Qabul me'zonlari

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
  • Akademik salohiyat: Sinf kesimiga mos o‘qish-yozish, fanlarga oid bilimlar va muammoni hal qilish qobiliyatini namoyon etishi.
  • Qiziqish: Baholash va kuzatuv jarayonlarida bilimga chanqoqlik va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rsatishi.
  • Ijtimoiy muloqot ko‘nikmalari: Tengdoshlari va kattalar bilan hurmat va hamkorlik asosida muloqot qila olishi.
  • Maktab qadriyatlariga moslik: Ta’lim, ijodkorlik va ahloqiy madaniyatini qabul qilishga tayyorlik.
  • Jismoniy tayyorlik: O‘quvchining sog‘liq holati maktabning ta’lim va tarbiya jarayonida faol ishtirok etishiga tibbiy jihatdan mos bo‘lishi.

Baholash jarayoni

Nomzodlar ularning akademik salohiyati, qiziqishi hamda ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida qabul bo'limi rahbari va psixolog tomonidan individual baholash, agar lozim topilsa, mutaxassis ustozlarni ham jalb qilgan holda nomzodning bilimlarini baholash orqali sinovdan o‘tkaziladi.
  • Tuzilishi: Sinf kesimiga bog'liq tarzda, o‘qish-yozish, boshlang‘ich (yuqori) matematika, tafakkur darajasi va ijodkorlikni aniqlovchi yakka tartibdagi mashg'ulotlar.
  • Maqsadi: Nomzodning shaxsiy akademik tayyorgarligi va intellektual qiziqishini baholash.

Kuzatuv va baholash

Kuzatuvchilar har bir nomzodning faolligi, javoblari va qobiliyatlarini qayd etib boradilar. Adolat va barqarorlikni ta’minlash maqsadida standartlashtirilgan baholash mezonlaridan foydalaniladi.

Qabul bo'yicha qarorlar

Baholash natijalari va ariza hujjatlarini ko‘rib chiqadigan Qabul komissiyasi yakuniy qarorni Ijrochi direktor ota-ona bilan birgalikda yakuniy qabul suhbatini o'tkazganidan so'ng qabul qiladi. Har bir bola va ota-ona umumiy salohiyat hamda maktab qadriyatlariga mosligi asosida kompleks tarzda baholanadi.

Natijalarni e'lon qilish

Qabul jarayoni yakunlanganidan so‘ng natijalar bir ish kuni ichida (darhol ham) e’lon qilinadi. Qabul qilingan o‘quvchilarning oilalariga rasmiy tabriknoma va taklifnoma hamda keyingi bosqichlar, shuningdek, muddatlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi va shartnoma tuzish jarayoni amalga oshadi. Qabul qilinmagan nomzodlarning ota-onalari farzandining baholash natijalari bo‘yicha izoh (feedback) so‘rash huquqiga egadirlar.

Appelatsiya tartibi

Qabul natijasidan norozi bo‘lgan oilalar qaror e’lon qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida Qabul bo‘limiga yozma shaklda apellyatsiya topshirishlari mumkin. Apellyatsiyalar Maslahatchilar Kengashi tomonidan navbatdagi kengash yig'ilishida ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror Kengash yig'ilishidan keyin 3 ish kuni ichida xabar qilinadi.

Ma’lumotlarning maxfiyligi

Barcha baholash natijalari va ariza hujjatlari qat’iy maxfiy saqlanadi. Maktab nomzodlarga oid barcha ma’lumotlarning amaldagi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga muvofiq xavfsiz saqlanishini kafolatlaydi.

Tasdiqlash

Mazkur siyosat 2025-yil 6-yanvar kuni Ijrochi direktor tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan.

Biz bilan bog'lanish

Farzandingizni bizning maktabda tahsil olishini xohlasangiz, quyidagi savollarga javob yozgan holda ariza yuboring va biz siz bilan bog'lanib, qabul suhbatiga taklif qilamiz!

Yuqoridagi tugmani bosish bilan birgalikda siz ma'lumotlaringizni biz bilan ulashishga rozi ekanligingizni ham bildirmoqdasiz!