O‘QUVCHILAR UCHUN MAKTABNING OSHXONASIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
Hurmatli ta'lim jarayoni ishtirokchilari!

Iqtidor Xalqaro Maktabi o‘quvchilar, ota-onalar va xodimlar. O‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash, tartib-intizomga rioya etishni o‘rgatish hamda maktab oshxonasida xavfsizlik va gigiyena qoidalariga amal qilish maqsadida ushbu qoidalar ishlab chiqilgan. Har bir o‘quvchi ushbu qoidalarga rioya qilishi, oshxonadan to‘g‘ri va madaniyatli foydalanishi lozim.

Umumiy qoidalar
  • O‘quvchilar faqat belgilangan vaqtda oshxonadan foydalanishlari mumkin.
  • O‘quvchilar oshxonaga navbat bilan, to‘polon qilmasdan va tartibda kirishlari lozim.
  • O‘quvchilar oshxona xodimlariga va bir-birlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari zarur.
Gigiyena va xavfsizlik qoidalari
  • O‘quvchilar ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvishlari kerak.
  • Oshxonada yugurish, baqirib gaplashish yoki boshqa o‘yin harakatlari qat’iyan taqiqlanadi.
  • O‘quvchilar ovqatni to‘kmasdan, toza tarzda iste’mol qilishlari lozim.
  • Issiq ovqat, qaynoq ichimliklar bilan ehtiyotkor muomala qilish kerak.
  • Oshxona jihozlari (mikroto‘lqinli pech, qozon, suv isitgich va boshqalar)ga o‘zboshimchalik bilan tegish ta'qiqlanadi.
Ovqatlanish madaniyati
  • O‘quvchilar ovqatlanish vaqtida betartib harakat qilmasliklari, suxbatda baland ovozda gaplashmasliklari kerak.
  • Ovqat tugagandan so‘ng stolni tartibga keltirish va chiqindilarni belgilangan joyga tashlash lozim.
  • Boshqa o‘quvchilarning ovqatiga tegmaslik va e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
  • Oziq-ovqat iste’moli vaqtida o‘quvchilar odob qoidalariga amal qilishi va o‘zini munosib tutishi lozim.
  • Oshxona xodimlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
  • Ovqatlanish vaqtida baland ovozda gapirmaslik — boshqalarga xalaqit bermaslik kerak.
  • Oshxona mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish.
  • Ustki ko’cha kiyimda oshxonaga kirish ta’qiqlanadi.
Mas’uliyat va nazorat
  • Mazkur qoidalarga rioya qilmaslik intizomiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
  • O‘qituvchilar va oshxona xodimlari oshxonada tartibni nazorat qiladi.
  • Har bir o‘quvchi o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsan javobgardir.
Hurmatli o‘quvchilar, maktabimizdagi ta’lim sizga quvonch, ishonch va ilhom olib kelishini tilaymiz! Sizga o‘qishda omad tilaymiz!

Bog‘lanish Uchun Ma’lumotlar

Mazkur siyosatga oid har qanday savollar, xavotirlar yoki talablar bo‘yicha Ma’lumotlarni Himoya qilish bo‘yicha Mas’ul xodimga murojaat qiling.

Tasdiqlash

Ushbu siyosat Iqtidor Xalqaro Maktabi tomonidan 2025-yil 6-yanvarda ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.