Ustunlar
Bizning maktabimizning qadriyat jihatdan ustuvor jihatlari
  • Xarakter (tarbiya)

    Bizning o‘quvchilarimiz odobli, intizomli, milliy qadriyatlarga sodiq, ajdodlarining jasorat va sharafini o‘zida mujassam etgan shaxslar sifatida tarbiyalanadilar. Ular o‘zlarini, ota-onalarini va ustozlarini hurmat qiladigan, qat'iyatli, moslashuvchan va muammolarga yechim topa oladigan yetakchilar sifatida shakllanadilar. O‘quvchilar mustaqil qaror qabul qilish va uning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini rivojlantirib, yetakchilik, chidamlilik, sabr-toqat va odob-axloqni o‘zlashtiradilar.

  • Estetika
    Biz o‘quvchilarimizning tabiiy ijodiy salohiyatini tasviriy san’at, haykaltaroshlik, musiqa, qo‘shiq aytish, raqs, drama, adabiyot va she’riyatni o‘rganish va mashq qilish orqali rivojlantiramiz. Ular klassik va zamonaviy san’at turlarini o‘rganish orqali go‘zallikni qadrlashni o‘rganadilar, hamda o‘z ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishga undaymiz.
  • Sog'lik
    O‘quvchilarimiz sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni o‘rganadilar va to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik hamda ruhiy/aqliy muvozanatni saqlash orqali unga amal qiladilar. Ular o‘z tanasi va ongini bebaho ne’mat sifatida qadrlashni tushunib yetadilar hamda sog‘lom turmush tarzining samarali va mazmunli hayotning asosi ekanligini anglaydilar. O‘quvchilarimiz sport bilan shug‘ullanadilar, foydali ovqatlanish tartibiga rioya qiladilar va ruhiy xotirjamlikni saqlash orqali o‘z ichki muvozanatini mustahkamlaydilar.
  • Klassik ta'lim
    Klassik ta’lim til va matematikaga oid asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirib, yoshlarda mantiqiy fikrlash va aniq nutq orqali fikrlarini ifoda etish qobiliyatini shakllantiradi. Keyinchalik ushbu tanqidiy tafakkur ko‘nikmalaridan aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlarning turli sohalarida foydalanib, muammolarga mantiqiy va ijodiy yondashish orqali yechim topadilar.
  • Amaliyot
    Bizning integratsiyalashgan ta’lim dasturlarimiz real hayotiy vaziyatlarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilar yuqori sinflarga o‘tgan sari ularning murakkabligi va geografik doirasi mahalliy muammolardan global masalalarga qadar kengayib boradi. Haqiqiy sharoitlarda muammolarni hal qilish orqali o‘quvchilar ehtiyojlarni tahlil qilish, ongli qarorlar qabul qilish va ularni asoslab bera olish qobiliyatini rivojlantiradilar. O‘quv dasturi Milliy Taraqqiyot Strategiyasi va BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga asoslanib, o‘quvchilarda fuqarolik hissini shakllantirish va mahalliy hamda global jamiyatga hissa qo‘shish istagini uyg‘otishga yo‘naltirilgan.