Maktabimizda darslar ertalab soat 8:00 da boshlanadi va kun oxirida soat 16:30 da tugaydi. Har bir dars 45 daqiqa davom etadi va tanaffuslar 10-15 daqiqa oralig'ida bo'ladi. Dars jadvali haqida batafsil ma'lumotlarni veb sahifamizning Dastur bo'limida ko'rishingiz mumkin.
Maktab Qarshi shahrida joylashgan. Aniq manzil: Qarshi shahar, Olimlar ko'chasi 6-uy. Mo'ljal: Malaka oshirish institutidan o'tgandan so'ng, Oliy harbiy aviatsiya (sobiq serjantlar tayyorlash maktabi) bilim yurtiga yetmasdan.
Maktabimizda o'quvchilar uchun zamonaviy sinfxonalar, kompyuter xonalari, kutubxona, sport zali va oshxona, coworking zonasi mavjud. Shuningdek, o'quvchilar turli fanlar bo'yicha olimpiadalarda, sport musobaqalarida va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega.
Ha, maktabimizda o'quvchilar uchun 3 mahal halol, toza va sifatli taomlar tayyorlanadi. Taomnoma dietologlarning o'quvchilar yoshiga nisbatan talablaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tomonidan tuziladi va nazorat qilib boriladi.
Maktabimizda o'quvchilarning xavfsizligi yuqori darajada ta'minlanadi. Maktab binosi qo'riqchilar va kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Shuningdek, har bir sinfda o'qituvchilar va yordamchi xodimlar bolalarning xavfsizligini nazorat qiladi.
Biz bilan bog'lanish
Farzandingizni bizning maktabda tahsil olishini xohlasangiz, quyidagi savollarga javob yozgan holda ariza yuboring va biz siz bilan bog'lanib, qabul suhbatiga taklif qilamiz!
Yuqoridagi tugmani bosish bilan birgalikda siz ma'lumotlaringizni biz bilan ulashishga rozi ekanligingizni ham bildirmoqdasiz!