O‘QUVCHILAR UCHUN MAKTABNING ICHKI TARTIB VA ODOB-AHLOQ QOIDALARI
Hurmatli ta'lim jarayoni ishtirokchilari!
Ushbu siyosat Maktabda sog‘lom muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishini ta’minlash maqsadida ichki tartib va odob-axloq qoidalari ishlab chiqilgan. Ushbu qoidalar o‘quvchilarning intizomli, hurmatli va mas’uliyatli bo‘lishiga xizmat qiladi hamda maktab hayotining muvofiq tashkil etilishiga zamin yaratadi.

O‘quvchining huquqlari va majburiyatlari

I. O‘quvchining huquqlari

Bolaning huquq va majburiyatlari BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi bilan himoya qilinadi.

Ularning mazmuni quyidagilardan iborat:

  • O‘z fikrini, e’tiqodini va qarashlarini erkin ifoda etish.
  • Fikr, vijdon va din erkinligiga ega bo‘lish huquqi.
  • Jismoniy, ma’naviy, iqtisodiy zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoyalangan bo‘lish.
  • Inson qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish huquqi.
  • Maktab o‘quvchilari o‘zini o‘zi boshqarish kengashiga saylash va saylanish.
  • Maktabning o‘zini o‘zi boshqarish kengashi yig‘ilishlarida qatnashish.
  • Maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbari yoki maktab o‘zini o‘zi boshqaruv kengashiga murojaat qilish orqali nizoli holatlarni hal etish.
  • Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qituvchidan qo‘shimcha yordam olish.
  • Har bir fandan bilim, ko‘nikma va malakalariga muvofiq baho olish.
  • Nazorat, tekshiruv va attestatsiya ishlarining muddatlari haqida oldindan xabardor qilinish.
  • Qo‘yilgan baholar haqida ma’lumot olish huquqi.
  • Tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan sabablarga ko‘ra nazorat ishlari muddatini ko‘chirish bo‘yicha ariza berish huquqi.
  • Tanaffuslarda va ta’til davrida dam olish huquqi.
  • Maktabning madaniy hayotida ishtirok etish.
  • Eshitilish huquqi.
  • Nutq so‘zlash uchun ochiq mikrofonlardan, sinf soatlaridan va bahs-munozaralardan foydalanish.

II. O‘quvchining majburiyatlari


  • O‘z fikrini, e’tiqodini va qarashlarini erkin ifoda etish.
  • Darslarni dars jadvaliga muvofiq tashrif buyurib o‘tish.
  • Maktabga dars boshlanishidan 5–10 daqiqa oldin kelish, ustki ko’cha kiyimini maxsus o’ziga biriktirilgan javonga yechib qo’yishi.
  • Maktab formasida bo’lish.
  • Darslarda kerakli barcha darsliklar va yozuv anjomlari bilan bo’lishi.
  • Kech qolgan o‘quvchi uzr so‘rashi va kechikish sababini tushuntirib, darsni bezovta qilmasdan o‘z joyiga o‘tib, darsga qo‘shilishi kerak.
  • Bir yoki undan ortiq kun darsga kelmagan o‘quvchi shifokor ma’lumotnomasi yoki ota-onasining yozma izohini sinf rahbariga topshirishi kerak.
  • Uyga vazifalarni daftarga yozilgan holatda bajarish.
  • Amaliy, laboratoriya ishlari va tajriba ko‘rsatmalarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
  • O‘quvchi darsdan keyin o‘z ish joyini tartibga keltirgandan so‘ng sinfdan chiqishi mumkin.
  • Dars, faqat o‘qituvchi tugaganini e’lon qilganidan keyin yakunlanadi.
  • Agar dars paytida sinfdan chiqish kerak bo‘lsa, o‘qituvchidan ruxsat so‘rash kerak.
  • Texnik xodimlar mehnatiga hurmat bilan qarash, maktab mol-mulkini ehtiyot qilish.
  • Katta yoshdagilar sinfga kirganda indamay tik turib salomlashish.
  • Darslar vaqtida tinchlik va tartibni saqlash.
  • Tanaffuslarda zinapoyalar va yo‘laklarda yugurish, baqirish va itarilish ta’qiqlanadi.
  • Maktabda o‘quvchi o‘zini xushmuomala, odobli va hurmat bilan tutishi kerak.
  • Maktab mulki, boshqalarning buyumlariga egalik huquqini hurmat qilish.
  • Topilgan yoki unutib qoldirilgan buyumlar navbatchi administrator, o‘qituvchi yoki qo‘riqchiga topshirilishi kerak.
III. O‘quvchilarga ta’qiqlanadi:

  • Maktabga tartibsiz, g‘ijimlangan kiyimda, bo‘yanib, tartibsiz soch bilan kelish.
  • Hurmatli sabab bo‘lmasa, darsni qoldirish.
  • Darsga kechikish.
  • O‘qituvchi yoki ma’muriyat ruxsatisiz maktab jihozlaridan foydalanish.
  • Baqirish, dars va tanaffusda tartibni buzish.
  • Maktabga har qanday turdagi qurol, portlovchi, zaharli modda, spirtli ichimlik, sigaret olib kelish va ulardan foydalanish.
  • Derazalarni o‘z holicha ochish va deraza tokchasida o‘tirish.
  • Maktab mulkini buzish, o‘quv joylarida, deraza tokchalarida, sinflarda va yo‘laklarda axlat tashlash.
IV. O‘quvchilarga qat’iyan ta’qiqlanadi:

  • Maktabga spirtli ichimlik ta’sirida kelish, energetik ichimliklar o’zi bilan olib kelish va iste’mol qilish.
  • Spirtli, energetik va yengil spirtli ichimliklar ichish, har qanaqa giyohvandlik vositalaridan, moddalaridan foydalanish, ularni tarqatish yoki iste’mol belgilarini ko‘rsatish.
  • Maktab binosida va uning atrofida tamaki mahsulotlari chekish, foydalanish va olib yurish.
  • O’tkir tig’li sovuq qurollarni olib yurish.
  • Sinfdoshlar bilan talashish, urish qilish, so’kinish, haqorat qilish.
V. O‘quvchilarning oshxonadagi xulq-atvori

  • Oziq-ovqat iste’moli vaqtida o‘quvchilar odob qoidalariga amal qilishi va o‘zini munosib tutishi lozim.
  • Oshxona xodimlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
  • Ovqatlanish vaqtida baland ovozda gapirmaslik — boshqalarga xalaqit bermaslik kerak.
  • Oshxona mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish.
  • Ustki ko’cha kiyimda oshxonaga kirish ta’qiqlanadi.
Hurmatli o‘quvchilar, maktabimizdagi ta’lim sizga quvonch, ishonch va ilhom olib kelishini tilaymiz! Sizga o‘qishda omad tilaymiz!

Bog‘lanish Uchun Ma’lumotlar

Mazkur siyosatga oid har qanday savollar, xavotirlar yoki talablar bo‘yicha Ma’lumotlarni Himoya qilish bo‘yicha Mas’ul xodimga murojaat qiling.

Tasdiqlash

Ushbu siyosat Iqtidor Xalqaro Maktabi tomonidan 2025-yil 6-yanvarda ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.