Bo'sh ish o'rinlari - Musiqa ustoz

Musiqa ustozi

Yarim stavka | 5 ish kuni | Soatbay | Arzirli maosh | Sentabr - iyun

"Iqtidor Xalqaro maktabi" – bolalarning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim maskani. Bizning maqsadimiz – har bir o‘quvchining qobiliyatini yuzaga chiqarishdir! Hurmatli pedagoglar! Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqiy ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shishni istaysizmi? Innovatsion g‘oyalaringizni ta’lim sohasida amalga oshirishni xohlaysizmi? Unda bizning jamoamizga qo‘shiling!

  • Talablar:
    • Umumiy talab: Oliy ta'limni tugatganlik yoki shunga mos diplomga ega bo‘lish (musiqa yo‘nalishida)..
    • Tajriba: Bolalar bilan ishlashda kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lish.
    • Shaxsiy fazilatlar:
    • Bolalarni sevuvchi va ularning psixologiyasini tushunuvchi.
    • Insoniylik va tarbiyaviy fazilatlarga ega bo‘lish.
    • Ma’suliyatli, tartibli va halol.
    • Bilmaganlarini o'rganishga qiziqish, samimiylik, ochiqlik.
    • Kasbiy malakalar:
    • Ma’lumot darajasi: Musiqa ta’limi, san’at yoki pedagogika sohasida bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish.
    • Ish tajribasi: Bolalar bilan ishlash bo‘yicha kamida 1-2 yillik tajriba (afzal).
    • Ijro ko‘nikmalari: Kamida bir yoki ikki musiqiy asbobda professional darajada ijro eta olish.
    • Sertifikatlar: Musiqiy ta’limga oid qo‘shimcha malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risida sertifikatlar bo‘lishi afzal.
    • Qonunchilikni bilish: Bolalar huquqlari va musiqa faoliyati bilan bog‘liq qonun-qoidalardan xabardor bo‘lish.
    • Innovatsiyalarni qo‘llash: Zamonaviy musiqiy usullar va texnologiyalarni o‘z faoliyatida qo‘llay olish.
    • Trening va mashg‘ulotlar: O‘quvchilar uchun ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi treninglar va qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etish.
    • Qonuniy bilimlar: Bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar va qoidalarni bilish.
    • Psixologik tayyorgarlik: Sinfdagi har bir o‘quvchiga individual yondashishni bilish va stressga chidamlilik.
  • Sharoitlar:
    • Professional rivojlanish kafolati: Musiqiy yo'nalish bo‘yicha trening va seminarlarda ishtirok etish imkoniyati.
    • Moliyaviy rag‘batlantirish: Arzirli maosh va qo‘shimcha bonuslar tizimi.
    • Tushlik: Musiqa ustoz uchun bepul tushlik taqdim etiladi.
    • Sayohatlar: Jamoaviy tadbirlar va o‘quvchilarga mo‘ljallangan ekskursiyalarda qatnashish imkoniyati.
    • Jamoaviy muhit: Do‘stona va g‘amxo‘r hamkasblar bilan ishlash.
Jamoamizga qo'shilishni xohlaysizmi?
Yurtimizdagi eng zo'r orzular jamoasiga qo'shilish istagida bo'lsangiz, quyidagi savollarga javob yozib yuborishingizni so'raymiz!
Sertifikatlaringiz, diplomingiz yoki muvaffaqiyatlaringizni isbotlovchi xujjatlar bormi?
(Xujjatlarsiz topshirilgan arizalar rad etilishi ehtimolligi yuqori)
Sertifikatlaringizni marhamat quyidagi tugmani bosib, yuklang!
Yuqoridagi tugmasi bosish bilan birgalikda siz ma'lumotlaringizni ulashishga rozi ekanligingizni ham bildirmoqdasiz!